<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Yuragingda qaygʻu-gʻam
 Tor boʻldi bu keng olam.
 Nega noliysan odam
 Rabbing bilan quvongin
 Sen Xudoga ishongin!

[V2]
 Bu besh kunlik dunyoda
 Yashagin sen ziyoda.
 Orom topib Isoda
 Rabbing bilan quvongin
 Sen Xudoga ishongin!

[V3]
 Kechir xafa qilganni
 Bilmay bagʻring tilganni.
 Toza saqlab ruh, tanni
 Rabbing bilan quvongin
 Sen Xudoga ishongin!

[V4]
 Vaqt juda oz qoldi
 Sozlab boʻlmas &quot;soz&quot; qoldi.
 Sevgini kutib toldi
 Rabbing bilan quvongin
 Sen Xudoga ishongin!

[V5]
 Qarama odamlarga
 Burkanmagin gʻamlarga.
 Qaramayin kamlarga
 Rabbing bilan quvongin
 Sen Xudoga ishongin!

[V6]
 Gʻam kelganda sano ayt
 Shodu xurramlikka qayt.
 Balki bu eng soʻnggi bayt
 Rabbing bilan quvongin
 Faqat, faqat, faqat
 Sen Xudoga ishongin!</lyrics>
<title>Sen Xudoga ishon (anʼanaviy)</title>
</song>